Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In O‘zbekiston xalqi va Prezidentiga o‘z tabrigini yo‘lladi. Tabrik matni Prezident matbuot xizmati tomonidan keltirildi.
O‘zbekiston Respublikasi PrezidentiMirziyoyev Shavkat Miromonovich Janobi Oliylariga
Hurmatli Janob Prezident!
Sizni va mamlakatning butun xalqini O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 27 yilligi bilan chin dildan tabriklashga ruxsat eting.
Mustaqillikka erishgandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi tomonidan siyosat, iqtisodiyot va ijtimoiy taraqqiyot sohalarida erishilgan ulkan yutuqlar chuqur hurmat hissini uyg‘otadi.
Aniq natijalar keltirayotgan Siz, Janobi Oliylari boshchiligida o‘tkazilayotgan islohotlar siyosati alohida bahoga loyiq.
Ishonchim komilki, Sizning rahbarligingiz tufayli O‘zbekiston Respublikasi o‘z taraqqiyotida yangi ulkan natijalarga erishadi.
Mamlakatlarimiz 1992-yilda diplomatik aloqalarni o‘rnatgandan so‘ng o‘zaro ishonch va do‘stlik tamoyillari asosida o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirayotganligidan xursandman.
Janob Prezident, Siz bilan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish masalalarini muhokama qilish uchun o‘zaro maqbul muddatlarda O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurishga umid qilaman.
Janob Prezident, Sizga mustahkam sog‘lik va muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston Respublikasiga esa yanada gullab-yashnashni tilayman.
Hurmat bilan,
Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In
Izoh (0)