29-avgust kuni Toshkentda “Eng ulug‘, eng aziz” Respublika ko‘rik-tanlovining g‘oliblarini mukofotlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tanlov O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma yetti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra o‘tkazilgan edi. Unda yozuvchi va shoirlar, jurnalistlar, tasviriy san’at, foto va dizayn ustalari va kinoijodkorlar ishtirok etdi.
Tanlovning internet-jurnalistika yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘ringa “Daryo”ning Namangan viloyati bo‘yicha muxbiri Azizbek Abduvaliyev munosib ko‘rildi. U “yurtimizda olib borilayotgan islohotlarga faol munosabati, turkum tahliliy materiallari, Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologiya markazining UzWaterAware loyihasi doirasida e’lon qilgan maqolalari uchun” ushbu mukofotga loyiq ko‘rildi.
“Daryo” tahririyati nomidan hamkasbimiz Azizbek Abduvaliyevni yuksak e’tirof bilan tabriklaymiz va yanada kattaroq yutuqlar tilab qolamiz.
Izoh (0)