Venesuela prezidenti Nikolas Maduroga nisbatan uyushtirilgan suiqasdga aloqadorlar soni 43 nafarga yetdi. Bu haqda mamlakat bosh prokuraturasi ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Prezidentga suiqasd uyushtirishga urinishga jalb etilganlar soni 34 kishidan 43 kishiga yetdi”, — deydi Venesuela bosh prokurori Tarek Vilyam Saab.
Gap 25 nafar sudlanuvchi, shuningdek, Interpolning “qizil byulleteni” bo‘yicha hibsga olish uchun xalqaro orderlar chiqarilgan 18 nafar suiqasd ishtirokchisi haqida bormoqda.
Nikolas Maduroga nisbatan suiqasd uyushtirishga urinish 4-avgust kuni amalga oshirilgan edi.
Izoh (0)