Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bugun, 19-avgust sanasida Indoneziyaning Jakarta shahrida Osiyo olimpiya kengashining 37-Bosh Assambleyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Osiyo o‘yinlari—2018 ga tashrif buyurgan delegatsiyalar rahbarlari, shuningdek, turli sport turlari bo‘yicha federatsiyalari rahbarlari ishtirok etdi.

Foto: Anvar Ilyosov

Foto: Anvar Ilyosov

Assambleyani Osiyo olimpiya kengashi prezidenti shayx Ahmad al-Fahad al-Ahmad al-Saboh o‘z ma’ruzasi bilan ochib berdi. Tadbirda O‘zbekiston nomidan Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Jasur Matchanov ishtirok etdi.

Foto: Anvar Ilyosov

Foto: Anvar Ilyosov

Bundan tashqari assambleyada bir necha o‘zbekistonlik mashhur sport amaldorlari, jumladan, Osiyo olimpiya kengashi vitse-prezidenti, Xalqaro havaskor boks assotsiatsiyasi (AIBA) prezidenti vazifasini bajaruvchi G‘ofur Rahimov va Osiyo sambo ittifoqi prezidenti Alamjon Mullayev ham qatnashdi.

Assambleyaning ikkinchi qismida O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov ham qatnashib, shayx Ahmad al-Fahad al-Ahmad al-Saboh bilan uchrashdi.

Foto: Davron Fayziyev

Foto: Davron Fayziyev

Ta’kidlash joiz, tadbirda sportning yangi turi — tekbol taqdimoti ham o‘tkazildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)