18–19-avgust kunlari Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida Green City ekofestivali o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.
Ichki va ekoturizmni rivojlantirish maqsadida o‘tkazilgan festivalda Ekoharakat deputatlar guruhi a’zolari, sohaga ixtisoslashgan tashkilotlar vakillari, olimlar va yoshlar, chet ellik sayyohlar ishtirok etdi.
10 mingdan ortiq ishtirokchi qatnashgan ekofestivalda zotdor otlar, tuyalar, tuyaqush va sayroqi qushlar hamda akvarium baliqlari namoyish qilindi.
Manzarali gullarni ko‘paytirayotgan yashil tabiat ixlosmandlari tomonidan noyob o‘simlik va hayvonot olami, atrof-muhit muhofazasiga oid ko‘rgazma tashkil etildi.
Ekofestival davomida sayohatlar, innovatsion texnologiyalar namoyishiga oid loyihalar, ekologik ta’limni targ‘ib etish bo‘yicha tanlovlar, hududlarni obodonlashtirish aksiyalari, sport musobaqalari o‘tkazildi.
Izoh (0)