Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga Tojikiston Respublikasi madaniyat vaziri boshchiligidagi delegatsiya tomonidan 320 nomdagi kitob tuhfa qilindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Kitoblar taqdimotiga bag‘ishlab o‘tkazilgan marosimda Tojikiston Respublikasi madaniyat vaziri Shamsiddin Orumbekzoda, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev do‘stlik va qo‘shnichilik ruhida barqaror rivojlanib borayotgan o‘zbek—tojik munosabatlari ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy almashinuvning mustahkamlanib borishiga xizmat qilishini ta’kidladi.
Mazkur tadbir o‘zbek va tojik xalqlarining adabiy, musiqiy, madaniy hamda do‘stona aloqalarini mustahkamlash maqsadida O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan Tojikiston madaniyati va san’ati kunlari doirasida tashkil etildi.
Taqdimot doirasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondidan joy olgan Tojikiston adiblarining kitoblari ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Izoh (0)