“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portaliga Angren shahrida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti yoki boshqa OTMlarining filialini ochish haqidagi petitsiya joylandi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Petitsiya muallifi Azamjon Murodov Angren rivojlangan sanoat markazi ekanligi, biroq yuqori malakali mutaxassislarga ega emasligini ta’kidlaydi.
Taklifda angrenlik yoshlar texnik yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim olish uchun boshqa shaharlarga borishga majbur bo‘layotganligi ta’kidlanadi.
Petitsiyani 31-avgustgacha qo‘llab-quvvatlash mumkin.
Izoh (0)