Germaniya shimolidagi Rostok shahri yaqinida 55 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketdi. Hodisa oqibatida 16 kishi jabrlandi. Bu haqda 17-avgust, juma kuni Spiegel Online ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Flixbus kompaniyasiga tegishli avtobus Shvetsiyadan Daniya va Rostok orqali Berlinga yo‘l olganligi ta’kidlanmoqda. U bugun tonggi 6:30 atrofida noma’lum sababga ko‘ra ag‘darilib ketgan. Avtobus salonida 55 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.
Avariya oqibatida olti kishi jiddiy jarohatlar olgan, yana o‘n kishi yengil jarohatlangan. Avtobus haydovchisi jabrlangan-jabrlanmaganligi hozircha noma’lum.
Avariya joyida politsiya ishlamoqda. YTHdan so‘ng trassa bo‘ylab harakatlanish yopilgan.
Izoh (0)