Shuhrat Sanjarovich Muhamedxanov Toshkent shahar Shayxontohur tumani hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bunga qadar u davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Shuhrat Muhamedxanov 1958-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, 1980-yilda Toshkent qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida 2015-yilda “Toshyo‘lovchitransxizmat” unitar korxonasi direktori o‘rinbosari, 2016-yilda Alliance Capital K/S kompaniyasi doimiy muassasasi boshlig‘i, 2018-yilda O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi raisi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Shuhrat Muhamedxanov 15-avgustdan boshlab Shayxontohur tumani hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.
Izoh (0)