Samarqand tuman adliya bo‘limi tomonidan 475 nafar fuqaroga suyultirilgan gaz balonlari olishda amaliy yordam ko‘rsatildi. Bu haqida “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.
Samarqand tumani adliya bo‘limi sayyor qabulida tumandagi “Sulfakabutak” mahallasi fuqarolari shu masala yuzasidan murojaat qilgan edi. Adliya bo‘limi xodimlari aralashuvi bilan bu muammo hal etildi.
Tuman adliya bo‘limi rahbari Baxtiyor O‘lmasovning ma’lum qilishicha, aholining suyultirilgan gaz baloni bilan bog‘liq masalalaridan tashqari, 14 nafar fuqaroni ishga joylashtirish, bir fuqaroning nafaqasini qayta hisoblash, Samarqand tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasida ishlayotgan 20 nafar ishchiga maoshini olib berish, ikki fuqaroga farzandli bo‘lgani uchun bir martalik suyunchi puli olishda amaliy yordam ko‘rsatilgan.
Izoh (0)