Bir oy ichida e-visa.gov.uz xizmati orqali 5 mingdan oshiq chet ellikka O‘zbekistonga kirish vizasi taqdim etildi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Bosh vazir o‘rinbosari ma’lumotlariga ko‘ra, bir oy davomida 42 mamlakatdan 5 460 ta ariza kelib tushgan. Ularning katta qismi — 1 190 tasi Xitoydan, 671 tasi — AQShdan, 611 tasi — Buyuk Britaniyadan, 403 tasi — Hindistondan, 339 tasi — Fransiyadan, 311 tasi — Germaniyadan va 253 tasi — Avstraliyadan.
15-avgust holatiga ko‘ra, 5 025 ta viza berilgan. Bir nafar fransiyalik fuqaroga O‘zbekistonga kirish vizasini taqdim etish rad qilingan.
O‘zbekistonga kirishga elektron vizalarni rasmiylashtirish va taqdim etish tizimi 15-iyulda ishga tushirilgan edi. Birinchi ikki kunda 28 davlat fuqarolaridan 196 ta ariza kelib tushdi. Yarim oy ichida esa 41 davlatdan 2 784 arizachi murojaat qildi.
Izoh (0)