Bugun, 15-avgust kuni Xalqaro press-klubda “Milliy kinoindustriyani rivojlantirish: tarixiy an’analar, muammolar, yangicha badiiy sifatida va maqsadli sarmoyalar” mavzusida anjuman o‘tkazilmoqda, deb yozadi O‘zA.
“O‘zbekkino” milliy agentligi Hindiston va Yaponiya kinoijodkorlari bilan hamkorlikda qator kinolar ishlamoqda va u shu yilning oktabr oyida ekranga chiqadi.
Mazkur kinolar nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijda ham ko‘rsatiladi. Bu haqida “O‘zbekkino” milliy agentligi bosh direktori Furqat Zokirov ma’lum qildi.
Shuningdek, agentlik bosh direktori Furqat Zokirov bugungi kunda o‘zbek kinosida qo‘shma loyihalar yetishmayotganini alohida ta’kidladi.
Izoh (0)