Joriy yilning ikkinchi choragida O‘zbekistonga xalqaro pul o‘tkazmalari orqali yuborilgan pul miqdori oshdi. Bu haqda Markaziy bank hisobotida ma’lum qilindi, deb yozadi “Xalq so‘zi”.
Qayd qilinishicha, joriy yilning I choragida O‘zbekistonga xalqaro pul o‘tkazmalari orqali 950 million dollar miqdoridagi valyuta mablag‘lari kirib kelgan bo‘lsa, II chorakda ushbu ko‘rsatkich 1,4 barobarga oshib, 1,335 milliard dollarni tashkil etdi.
O‘z navbatida, tijorat banklari tomonidan I chorakda aholidan 420 million dollar miqdoridagi (3,4 trillion so‘m) xorijiy valyuta sotib olingan bo‘lsa, II chorakda ushbu ko‘rsatkich 2 barobarga oshib, 868 million dollarni (6,9 trillion so‘m) tashkil etdi. Mazkur holat naqd pulga bo‘lgan 3,5 trillion so‘mlik qo‘shimcha talabni yuzaga keltirdi.
Shu bilan birga, aholi tomonidan chet el valyutasini milliy valyutaga ayirboshlashga bo‘lgan talabning oshishi milliy valyuta kursining joriy yil boshidan mustahkamlanib borishi bilan ham izohlanishi mumkin.
Izoh (0)