Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligida Rossiya prezidentining xorijiy davlatlar bilan mintaqaviy va madaniy aloqalar boshqarmasi hamda Fan va ta’lim vazirligi vakillaridan iborat delegatsiyaci bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi

Uchrashuvda Rossiya prezidentining xorijiy davlatlar bilan mintaqaviy va madaniy aloqalar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Ribakov, departament boshlig‘i A.Vlasov, Fan va ta’lim vazirligi xalqaro departamenti direktori I.Ganshin hamda O‘zbekiston Prezidentining Davlat maslahatchisi A.Abduvohidov, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vaziri I.Majidov ishtirok etdi.

Muzokarada so‘ngi ikki yil davomida davlatlar o‘rtasida o‘zaro ishonchli va manfaatli hamkorlik izchil rivojlanib borayotgani, siyosiy, savdo-iqtisodiy sohalar bilan birga madaniy-gumanitar va ilmiy-texnik sohalarda ham aloqalar kengayib borayotgani e’tirof etildi.

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida malakali kadrlar tayyorlash yo‘lidagi hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, jumladan, zamonaviy yo‘nalishlar va mutaxassisliklarda bakalavr, magistrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot sohasida o‘zaro tajriba almashish kabi muhim yo‘nalishlarda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qurilish vazirligi ogohlantiradi: yangi uy xarid qilayotganda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar
Mahalliy
“Ba’zida o‘zim ham noto‘g‘ri parkovka qilaman” — Rasul Kusherbayev
Mahalliy
Toshkent shahri bosh rejasining bir qismi 2022-yil oxirigacha yakunlanadi