Aholi va tadbirkorlik subyektlarining naqd puldagi hisob-kitoblarini amalga oshirishlarida qulayliklar yaratish maqsadida yirik naqd pullarni muomalaga chiqarish asosan yirik nominaldagi banknotlar orqali amalga oshirilib, kichik nominaldagi banknotlar esa muomaladan bosqichma-bosqich qaytarib olinmoqda. Bu haqda Markaziy bankning hisobotida ma’lum qilindi, deb yozadi “Xalq so‘zi”.
Joriy yilning I yarmida muomalaga chiqarilgan naqd pullar asosan yirik nominaldagi banknotlar orqali amalga oshirildi.
Muomalaga chiqarilgan banknotlar ulushi (banknotalar jami soniga nisbatan)
2018-yil 1-yanvar holatiga
2018-yil 1-iyul holatiga
Jumladan, ushbu davrda muomalaga chiqarilgan naqd pullar (banklar kassalaridagi naqd pullarni hisobga olgan holda) hajmi 2,7 trillion so‘mga yoki 13,5 foizga oshgan bo‘lsa, muomaladagi banknotlar soni 568 million donaga yoki 7,5 foizga kamaydi.
2018-yilning I yarmida muomalada 1 000 so‘mlik va undan kichik qiymatdagi banknotlar miqdori 582 milliard so‘mga kamaygan bo‘lsa, 5 000 so‘mlik, 10 000 so‘mlik, 50 000 so‘mlik banknotlar miqdori 3,3 trillion so‘mga oshdi.
Ushbu davrda, muomalaga chiqarilgan banknotlar jami sonida 500 so‘mgacha bo‘lgan banknotlar ulushi 3,7 foiz bandga va 1 000 so‘mlik banknotlar 1,0 foiz bandga kamaygan bo‘lsa, 5 000 so‘mlik banknotlar — 2,6 foiz bandga, 10 000 so‘mlik — 1,4 foiz bandga va 50 000 so‘mlik — 0,7 foiz bandga oshdi.
Izoh (0)