Afg‘onistonning Zabul viloyatida “Tolibon” radikal harakati jangarilarining nazorat-o‘tkazish punktiga hujumi davomida yetti nafar politsiyachi o‘ldirilgan, ikki nafari yaralangan. Bu haqda Tolo News telekanali Twitter’da ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Xabar qilinishicha, toliblar 14-avgust, seshanba kuni Kobul—Qandahor avtomagistralidagi nazorat-o‘tkazish punktiga hujum qilgan. Zabul politsiyasiga ko‘ra, hujum davomida kamida yetti nafar jangari yo‘q qilingan.
Afg‘onistonda hukumat kuchlari va “Tolibon” radikal harakati jangarilari o‘rtasida qarama-qarshilik davom etmoqda.
Izoh (0)