Rossiyaning Kaliningrad shahrida Pregolya daryosi ustidan o‘tuvchi ko‘prikni rekonstruksiya qilishga xalaqit bergan laqqa baliq sharafiga haykal o‘rnatildi, deb yozadi TJournal.
Haykal o‘lchami ikki metrga yaqin. Uni ko‘prikni ta’mirdan chiqargan qurilish kompaniyasi shaharga hadya qildi.
2016-yilning iyulida ko‘prik quruvchilari suvosti ishlarida ulkan laqqa baliqqa duch kelganligi va u quruvchilarni o‘z uyasidan quvishga urinib, rekonstruksiya ishlariga xalal berayotganligini ma’lum qilgan edi.
O‘sha laqqaning og‘irligi 200—220 kilogrammga yaqin bo‘lgan. Uning hozirgi taqdiri — noma’lum.
Izoh (0)