Xorvatiya termasi bosh murabbiyi Zlatko Dalich jamoada ishlashda davom etadi. Bu haqda Xorvatiya futbol uyushmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Google Images

Bunday qarorga tomonlar 9-avgustdagi uchrashuvdan so‘ng kelgan.  Qayd etilishicha, Zlatko Dalich mamlakat futbol uyushmasi prezidenti Davor Shuker bilan ko‘rishgan. Kelasi haftada 51 yoshli Dalich yangi shartnomaga qo‘l qo‘yishi kutilmoqda.

“Barcha masalalar bo‘yicha mamlakat futbol uyushmasi prezidenti bilan ochiq gaplashib olish muhim edi. Men to‘g‘ri deb hisoblamagan holatlarda ham kaminani tushuna olgan Shukerga rahmat aytaman. Biz barcha muammolarni hal qildik. Sabrsizlik bilan yangi chaqiruvlarni kutmoqdaman”,—deydi Zlatko.

Ma’lumot uchun mazkur murabbiy qo‘l ostida Xorvatiya termasi Rossiyadagi JCh—2018 finaliga qadar yetib bordi, hal qiluvchi bahsda esa fransuzlarga 4:2 hisobida yengildi.