“Toshkent metropoliteni” rahbari o‘rinbosari A.Qosimov nega yozda metro shiftidan chakka o‘tishi haqidagi savolga javob berdi. Bu haqda “Darakchi” xabar bermoqda, deb yozadi Repost.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yozgi mavsumda metropoliten stansiyalari ustida joylashgan yashil ko‘chatlar va gazonlarni faol sug‘orish ishlari amalga oshiriladi, shu munosabat bilan stansiyalar gumbazlari va piyodalar o‘tish qismlarida chakka o‘tish holatlari yuzaga keladi.
“Metropoliten mutaxassislari chakka o‘tishlarni bartaraf etish bo‘yicha shaxsiy kuchlari bilan bir qatorda shahar xizmatlari xodimlari bilan hamkorlikda choralar ko‘rmoqda. Metropolitendagi tunnel ventilyatsiya tizimi qurilish me’yorlari va qoidalariga muvofiq zarur havo parametrlarini ta’minlaydi”, — deydi Qosimov.
Izoh (0)