Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov Rossiyaning “Literaturnaya gazeta” nashri bosh muharriri Aleksey Shavlov bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati

Uchrashuvda ikki davlatda madaniyat va san’at sohasini keng yoritish, hamkorlik aloqalarini kuchaytirish va o‘zaro tajriba almashish kabi takliflar ilgari surildi.

Ma’lumot uchun, “Literaturnaya gazeta” 1830-yildan buyon chop etib kelinadi. Uning asoschisi buyuk rus shoiri Aleksandr Pushkin hisoblanadi.