2018-yilning 1-sentabridan boshlab mulkdorga yetkazilgan zararning o‘rni bozor qiymati bilan to‘liq qoplangandan keyingina mulkni buzishga va (yoki) yer uchastkasini olib qo‘yishga ruxsat beriladi, deb yozmoqda O‘zA.
2018-yil 1-avgust kuni Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
Unga ko‘ra, davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yish bo‘yicha manfaatdor shaxslar bilan ochiq muhokama o‘tkaziladi. Shuningdek, foyda va xarajatlar baholanadi.
Faqat shundan keyingina yer uchastkalarini olib qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi mumkin. Ushbu tartib 2018-yilning 1-sentabridan boshlab kuchga kiradi.
Shu kunga qadar mulkdorga kompensatsiya to‘lovi aynan qachon (ko‘chmas mulk buzilishidan oldin yoki keyin) to‘lanishi belgilanmagan edi.
Farmonga muvofiq, mulkdorga zararning o‘rni to‘liq qoplangandan keyingina mulkni buzishga va (yoki) yer uchastkasini olib qo‘yishga ruxsat beriladi. Ko‘chmas mulk bozor qiymati bilan baholanadi.
Izoh (0)