Xalqaro press klubning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida GM Uzbekistan mutasaddilaridan kompaniyaning yangi modellari, xususan, elektromobillar haqida so‘ralgan.
“Kompaniyamiz tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni takomillashtirish maqsadida har bir rusumdagi avtomobillarning model yili bo‘yicha zamon talabi asosida yangi o‘zgarishlar bilan ishlab chiqarishga tadbiq qiladi. Bularga misol qilib gaz uskunali Lacetti modifikatsiyasi, old panjarasi yangilangan Spark xamda sentabr oyidan sotuvi amalga oshiriladigan Tracker avtomobilini keltirish mumkin”, deyiladi mazkur savolga mutasaddilarning javobida.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda Chevrolet Tracker ishlab chiqarilishi 2017-yil noyabrida ma’lum bo‘lgandi. O‘shanda “O‘zavtosanoat” delegatsiyasining Janubiy Koreyaga tashrifi doirasida umumiy summasi 189,9 million dollarga teng 7 ta kelishuv, shuningdek, jami qiymati 614 million dollardan oshiq shartnomalar imzolangandi.
GM Uzbekistan vakillariga ko‘ra, istiqboldagi rejalarda eletromobillarni ishlab chiqarish ham belgilangan. Xususan, “A” turkumidagi avtomobillar bo‘yicha 2027-yildan va “V” sinfidagi avtomobillar bo‘yicha 2028-yildan boshlanishi ko‘zda tutilgan.