Joriy yilning avgust oyida Nike kompaniyasi Chikagodagi 1885-yilda qurilgan Epifaniya cherkovini qayta jihozlab, basketbol uchun mashg‘ulot markaziga aylantirdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Epifaniya cherkovi odamlar qatnovi kamayib ketganligi sabab 2011-yilda yopilgandi. 2018-yil boshida esa Nike bino bo‘sh turmasligi uchun uni xarid qiladi.
Binoda cherkovning an’anaviy atributlaridan bir nechtasi saqlab qolindi. Masalan, vitrajlarga basketbol to‘pi ko‘rinishida ishlov berilgan. Kiyim almashtirish xonasi ham binoning avvalari Nike sport majmuasi bo‘lganligini eslatib yuboradi.
Amerika kompaniyasi vakillariga ko‘ra, cherkovda mahalliy maktab bolalari shug‘ullanadi. Ularning murabbiylari esa ma’ruza va seminarlarga bepul qatnashishlari mumkin. Majmuadagi ilk mashg‘ulotlardan birini “Chikago Bullz”ning afsonaviy basketbolchisi Skotti Pippen o‘tkazdi. Skotti uzoq yillar Maykl Jordan bilan birga o‘ynagan.
Shanba kunlari barcha xohlovchilar cherkovga kelishi mumkin. Buning uchun Nike sayti orqali oldidan ro‘yxatga yozilib qo‘yish kifoya, xolos.