Farer orollaridagi bino Skandinaviya firmasi — Henning Larsen tomonidan loyihalashtirilgan. U xuddi daryoni kesib o‘tayotgandek qurilgan, deb hikoya qiladi TJournal.
Noodatiy bino ichida Eystur munitsipaliteti ma’muriyati joylashgan, ammo uni oddiy ko‘prik sifatida ham ishlatish mumkin. Bino tomida piyodalar uchun o‘tish joyi mavjud.
Unda bir qancha ish joylari va oynalaridan daryo ko‘rinib turadigan majlislar zali ham mavjud.
Bino dizayni ustida esa avvalari Islandiyaning Reykyavik shahridagi konferens-markazda xizmat qilgan Esbyern Yakobsen ish olib borgan. Arxitektorning so‘zlariga ko‘ra, u oroldagi qadimiy binolarga taqlid qilishni istamagan, biroq ularning g‘oyalarini qayta ko‘rib chiqishni rejalashtirgan.