Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 17—18-kunlari O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi. Bu haqda Tojikiston ommaviy axborot vositalariga tayanib, UzDaily xabar bermoqda.
Xususan, Asia-Plus agentligi Tojikiston yetakchisining O‘zbekistonga tashrifi mobaynida tomonlar 23 ta hujjat va kelishuvni imzolashi haqida xabar qilmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida kinematografiya va gidrometeorologiya sohasida kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, davlat rahbarlari strategik sheriklik, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi chegaralarning to‘liq demarkatsiyasi haqida shartnoma imzolaydi.
Avvalroq, Toshkentda 16—17-avgust kunlari “Tojikistonda ishlab chiqarilgan” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tishi hamda unga Prezident Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon tashrif buyurishi mumkinligi xabar qilingan edi.
Izoh (0)