O‘zbekiston Prezidentining 6-avgustdagi qaroriga muvofiq, Guliston, Qarshi, Samarqand, Urganch va Farg‘ona shaharlarida Davlat boshqaruvi akademiyasining hududiy filiallari tashkil etildi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali xabar bermoqda.
Hududiy filiallarda davlat va jamiyat boshqaruvi sohasidagi rahbar kadrlarning malakasi oshiriladi.
Hududiy filiallarga maqomi va mehnatga haq to‘lash shart-sharoitlari bo‘yicha Davlat boshqaruvi akademiyasining fakultet dekaniga tenglashtiriladigan direktor rahbarlik qiladi.
Izoh (0)