Meksika milliy avtonom universitetining 1-bosqichiga 12 yoshli bolakay qabul qilindi. Bu haqda Stuff xabar bermoqda.
Karlos Santamaria Dias bakalavriatning biotibbiy fizika yo‘nalishi bo‘yicha tahsil oladi. Bolakay kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan va universitetning genetikani o‘rganish markazida kimyo fanidan boshlang‘ich vazifani ham tayyorlashga ulgurgan.
Karlos maktabga borishni boshlashi bilan fizika va matematikani mustaqil o‘rganishga kirishdi. 9 yoshida u universitetning kimyo, biokimyo va biologiya bo‘yicha maxsus loyihalarida ishtirok etishni boshladi. Karlosning aytishicha, hayotdagi asosiy maqsadi kamyob kasalliklarni davolaydigan dori vositalarini yaratishdan iborat. Jurnalistlarning “O‘zingizni daho deb hisoblaysizmi?”, — degan savoliga Karlos bu so‘zni yoqtirmasligini aytgan.
Universitetda 12 yoshli talabaga hamma qatori munosabat qilinishi, unga hech qanday imtiyozlar berilmasligi ma’lum qilingan.
Izoh (0)