“Suv ostidagi haykallar”i bilan mashhur bo‘lgan Jeyson de Kayres Maldiv orollaridagi Fairmont Maldives Sirru Fen Fushi kurorti uchun maxsus galereya yaratdi. Bu haqda National Geographic xabar bermoqda.
Jeyson o‘zining noodatiy g‘oyasini 2006-yildan boshlab amalga tatbiq etib kela boshlagan. Uning san’at namunalari ekologik toza materiallar asosida bajariladi. Tabiatga hech qanday ziyon yetkazmaydi.
Dunyodagi birinchi suvosti bog‘i, o‘nlab haykallardan iborat bo‘lib, u Karib dengizining quyi qismida, Grenada qirg‘oqlarida uncha uzoq bo‘lmagan hududda joylashgan. Jeyson so‘nggi yillarda dunyoning bir nechta davlatlarida o‘z galereyalarini yaratdi. Endi esa ijodkor yangi konsepsiya: “to‘lqinlar galereyasi” haqida o‘ylab qoldi.
Loyiha 2018-yil iyulida yakunlangandi. Nomi esa Coralarium edi. U ochiq devorli kub ko‘rinishida bo‘lib, suvosti va suv sathi o‘rtasida bir xil turdagi ko‘prik hosil qiladi. U qirg‘oqdan pastki qismga o‘rnatilgan: taxminan, 3 metr suv ostida va yana shuncha sirtdan yuqoriroq ko‘rinadi. Haykallar esa unga turlicha ko‘rinishda joylashtirilgan.
Galereyaga ekskursiya biologik ta’limga ega bo‘lgan gidlar hamrohligida o‘tkaziladi. Bu dunyodagi shunday xususiyatga ega bo‘lgan suv ostidagi ilk galereyadir.