“Yoshlar” teleradiokanali muxbiri Durdona Ochilova Davlat test markazi direktori Majid Karimov bilan suhbat uyushtirdi. Suhbat YouTube’ga joylashtirilgan.
Davlat test markazi direktorining ma’lum qilishicha, 1—4-avgust kunlari 247 mingga yaqin abituriyent test sinovlarida ishtirok etgan. 4800 dan ziyod abituriyent imtihonlarda qatnashmagan. 600 dan ortiq kishi sinovlardan chetlashtirilgan.
— Test savollari bazasi markaz tomonidan 2017-yilning oktabridan boshlab shakllantirilgan, — deydi Majid Karimov. — Imtihonlar 16 kun davom etishi va test natijalari ertasi kuni chiqarilishi e’tiborga olinib, har bir fan bo‘yicha test kodlari ishlab chiqilgan. Kodlar takrorlanmasligi nazarda tutilgan. Mexanizm bitta fandan ishtirok etadigan savollarni faqatgina bir vaqtda foydalanish imkonini beradi. Bundan tashqari, 15 kun 2 smenaga mo‘ljallab savollar bazasi shakllantirilgan. Savollar qaytarilishi mumkin emas. Har bitta kunga, har bitta smenaga savollar majmuasi tayyorlangan.
Izoh (0)