Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern tug‘uriq ta’tilidan keyin ishga qaytdi, deb yozmoqda “Gazeta.ru”.
Ma’lum qilinishicha, Jasinda Ardern bundan 6 hafta ilgari qiz farzandni dunyoga keltirib ta’tilga chiqqan. Ardern ta’tilda bo‘lgan vaqtda uning o‘rinbosari Uinston Piters bosh vazir vazifalarini vaqtinchalik bajarib turgan.
Avvalroq, Jasinda Ardern qiz farzand ko‘rgani haqida xabar qilingan.
2017-yildan buyon Yangi Zelandiya bosh vaziri lavozimida ishlab kelayotgan Ardern birinchi bor ona bo‘ldi. Qizchaning otasi — teleboshlovchi Klark Geyford.
Ardern o‘zining Instagram sahifasida chaqalog‘ining suratlarini e’lon qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Jasinda Ardern o‘z lavozimida ishlab turib farzandini dunyoga keltirgan ilk hukumat rahbari bo‘ldi. U ona bo‘lishi haqida 2018-yilning yanvarida ma’lum qilgan.
Izoh (0)