2-avgust, payshanba kuni tonggi soat 05:10 da Istanbul—Toshkent muntazam qatnovi bo‘yicha uchib kelayotgan “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning Boeing-767 samolyoti Toshkent aeroportiga qo‘nish jarayonida tormoz berish tizimidagi nosozlik tufayli shassi g‘ildiraklari qizib, shinalarga qisman shikast yetdi. Bu haqda MAK matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qo‘nish shtat rejimida amalga oshirilgan.
Tergov-surishtiruv ishlari olib bormoqda.
Izoh (0)