O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi Kyongsang provinsiyasida yuz bergan hodisa bilan bog‘liq vaziyatga aniqlik kiritmoqda. U yerda, mahalliy OAVlari ma’lumotiga ko‘ra, mahalliy migratsiya xodimlari o‘zbekistonlik talabani kaltaklagan. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Hodisa 16-iyul kuni yuz bergan. Vaziyatni o‘rganish va zarurat bo‘lgan taqdirda konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish uchun elchixona konsullik xodimi Seuldan 400 kilometr masofada joylashgan Chxonvon shahriga yuborilgan.
TIV Konsullik-huquqiy departamentining ma’lum qilishicha, hodisa yuzasidan O‘zbekiston elchixonasi konsullik bo‘limiga murojaatlar kelib tushmagan.
Izoh (0)