Navoiy viloyati Nurota tumani “Yangi hayot” mahallasida 28-iyulga o‘tar kechasi bir ayol erining boshi, bo‘yni va ko‘kragiga bolta bilan urib jarohat yetkazib, so‘ng o‘zini osib o‘ldirgani haqida xabar berilgan edi. UZ24 nashri “XXI asr” gazetasiga asoslanib, voqeaning ba’zi tafsilotlarini e’lon qildi.
Gazeta maqolasida yozilishicha, bir yilcha avval hech qayerda ishlamaydigan, uy bekasi bo‘lgan ayol o‘z eriga xiyonatda gumon qilinib, eri tomonidan uydan haydalgan.
Shundan so‘ng tuman xotin-qizlar qo‘mitasi, mahalla faollari, IIB vakillari ishtirokida er-xotinni yarashtirish bo‘yicha to‘rt marta tushuntirish o‘tkazilgan.
Shunga qaramay, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi vakillarining fikricha “o‘z aybi bilan ko‘chada qolgan” ayol fuqarolik ishlari bo‘yicha Navbahor tumanlararo sudiga murojaat qilib, o‘zi ro‘yxatda turgan uyga kiritib qo‘yishni so‘ragan.
Sud ishni ayolning foydasiga hal qilgan. “Shundan so‘ng oilada janjallar yanada avj olgan, oqibatda mazkur mudhish voqea sodir bo‘lgan”, — deyiladi xabarda.
Qayd etishlaricha, bu er-xotin to‘rt nafar farzandning ota-onasi edi.
Izoh (0)