Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2018-yili 2000 nafar xalq ta’limi muassasalari rahbar va mutaxassislari masofaviy malaka oshirish kurslarida o‘qitiladi. Bu haqda Masofadan o‘qitishni rivojlantirish markazi mudiri Asqar Ibraymov “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

2018-yilning birinchi yarimida 1454 nafar mutaxassis malaka oshirish kurslariga jalb etilgan. 2018-yildan boshlab maktab o‘qituvchilarining malakasini oshirish Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi tizimiga o‘tkazilgan.

Xalq ta’limi tizimida masofadan malaka oshirish 2009-yildan boshlangan. Jumladan, 2009-yili bir qator mutaxassislar Germaniyada masofadan o‘qitish bo‘yicha tajriba orttirgan. Mutaxassislar tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 11 ta fan (keyinchalik 14 taga yetkazildi) o‘qituvchisi uchun masofaviy kurslar ishlab chiqildi. Ilk bor o‘zbek tiliga tarjima qilingan MOODLE platformasiga barcha masofaviy kurslarning metodik ta’minoti joylashtirildi.

Masofaviy kurslar 2010-yildan boshlab respublika miqyosida joriy qilingan. 2013-yildan xalq ta’limi muassasalari rahbar va mutaxassis xodimlari uchun masofaviy kurslar tashkil qilingan.

Hozirgi kunga qadar 35 999 nafar umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilari, 2 583 nafar xalq ta’limi muassasalari rahbar va mutaxassislari — jami 38 585 nafar xalq ta’limi xodimi masofadan malaka oshirish kurslariga jalb etildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
AQSH osmonida razvedkachi havo shari aniqlandi. Pentagon sharni Xitoyga tegishli deb hisoblamoqda (video)
Mahalliy
O‘zbekistonning qator hududlarida 4-fevral kuni ham yomg‘ir yog‘adi
Kino
Kino ijodkorlar tomonidan ishora qilingan, ammo ko‘pchilik payqamagan mashhur filmlardagi detallar (foto)