Samarqand viloyati Ichki ishlar idoralari barcha toifalardagi shaxsiy tarkibining jangovar shayligini oshirish, kasb-mahoratini amaliy ko‘nikmalarini takomillashtirish va jangovar ruhini ko‘tarish maqsadida IIB Harbiy safarbarlik bo‘limi tomonidan Bulung‘ur tumanida qurollangan jinoyatchilarni qidirish va qo‘lga olish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar bo‘yicha Milliy gvardiya va prokuratura bilan hamkorlikda o‘quv amaliy mashg‘uloti o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar berdi.
O‘quv mashg‘uloti davomida o‘ta xavfli, qurollangan jinoyatchilarni qidirish, aniqlash va ularning jinoiy harakatlarini to‘sish, o‘ta xavfli jinoyatchilarni qurolsizlantirish va ushlash bo‘yicha tezkor rejalar asosida chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad Ichki ishlar organlari aholining tinch va farovon hayot kechirishini ta’minlash, jinoyatchilik va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash, shuningdek boshqa hayotiy muhim vazifalarni amalga oshirishda faollikni oshirishdir.
Izoh (0)