Kamerun shimoli-g‘arbida ayirmachilar hujumi oqibatida 160 dan ortiq mahbus qamoqxonalardan qochib ketdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Aytilishicha, mamlakatning shimoli-g‘arbiy va janubi-g‘arbiy qismlarida bir qancha hujumlar uyushtirilgan.
Jumladan, mamlakat shimoli-g‘arbidagi Ndop kommunasining bosh qamoqxonasiga hujum uyushtirilgan. Hujum chog‘ida 163 mahbus qochib ketgan.
Janubi-g‘arbda esa politsiya xodimlariga hujum uyushtirildi, lekin hech kimga zarar yetmadi.
Izoh (0)