AQSh prezidenti Donald Tramp Koreya urushi davrida halok bo‘lgan amerikalik askarlar jasadlarini qaytarish bo‘yicha va’dasini bajarganligi uchun KXDR yetakchisi Kim Chen Inga minnatdorlik bildirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Rais Kimga menga bergan va’dasini bajarganligi uchun minnatdorlik bildirmoqchiman. Ular jasadlarni qidirishda davom etishi barobarida u menga bergan va’dasini bajarishda davom etishiga ishonchim komil”, — dedi Tramp matbuot anjumanida.
Avvalroq Oq uy AQSh HHK transport samolyoti 27-iyul, juma kuni bortida AQSh harbiy xizmatchilari jasadlari bilan KXDRdan Amerikaning Janubiy Koreyadagi Osan aviabazasiga parvoz qilganligi haqida ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)