Isroil politsiyasi “al-Aqso” masjidlar majmuasida juma kungi sig‘inish marosimi yakunida yuz bergan to‘qnashuvlardan so‘ng Quddusning Ibodat tog‘idagi odamlarni evakuatsiya qildi. Bu haqda 27-iyul, juma kuni Isroil politsiyasi matbuot xizmati bayonotida ma’lum qilindi, deb yozadi EADaily.
“Ibodat tog‘ida sig‘inish yakunlangandan so‘ng politsiyachilarga toshlar va mushaklar uloqtirildi. Quddus qo‘mondoni buyrug‘iga ko‘ra, politsiya kuchlari Ibodat tog‘iga ko‘tarildi va u yerdagi odamlarni evakuatsiya qila boshladi”, — deyiladi hujjatda.
Isroil politsiyasi to‘qnashuvlardan so‘ng “al-Aqso” masjidiga kirishni yopib qo‘ydi.
Arab matbuoti masjidda isroillik politsiyachilar bilan to‘qnashuvlarda o‘nlab falastinliklar jabrlanganligi haqida xabar qilmoqda. Isroil xavfsizlik kuchlari xodimlari masjid majmuasi hududiga kirganligi va bu falastinliklarning noroziliklariga sabab bo‘lganligi ta’kidlanmoqda.
Izoh (0)