26-iyul soat 14:35 da Toshkent shahrida Beltepa – Aeroport yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan 3-avtoparkka qarashli 11-raqamli avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar hokimiyati bayonot berdi.
Bayonotda ta’kidlanishicha, Toshkent shahar hokimligi ishchi guruhi tez fursatda voqea joyiga yetib borib tafsilotlarni o‘rgandi. Bobur ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan Mercedes-Benz rusumli avtobus davlat raqami 01/ 041 JFA, 3-Avtosaroyga qarashli 11 yo‘nalishdagi avtobus bo‘lgan. U 1- sonli “Baxt uyi” (sobiq 1-FHDYO) qarshisida daraxtga borib urilgan, natijada singan daraxt shu yerga qo‘yib ketilgan Cobalt avtomobili ustiga qulagan. Yengil mashina ichida hech kim bo‘lmagan. Avtobus haydovchisi Usmonov Anvar Olim o‘g‘li 1993-yilda tug‘ilgan. Avtobus salonida 16 kishi bo‘lgan.
Tez tibbiy yordam avtomashinasida birigada yetib kelganida 16 kishidan 9 nafariga o‘rta va yengil jarohatlari yuzasidan yordam ko‘rsatilgan. Ularni sog‘ligiga jiddiy e’tibor qaratilgan holda voqea joyiga eng yaqin bo‘lgan Tekstil kombinati shifoxonasiga uch kishi, 16-shahar tez tibbiy kasalxonasiga to‘qqiz kishi olib borildi. Ulardan bir kishining oyog‘i singani tufayli bir oz shifoxonada ushlab qolindi. Qolganlari sog‘ salomat shifokorlardan minnatdor bo‘lib o‘z uylariga qaytdi.
Ishchi guruh soat 17:00 da 16 yo‘lovchining har biri bilan telefon orqali suxbatlashganda, ular oilasi davrasida yaxshi kayfiyatda o‘tirganlarini ma’lum qildi.
Izoh (0)