AQSh boshchiligidagi koalitsiyaning 2014-yildan buyon Suriya va Iroqqa bergan zarbalari 1 059 tinch aholining halok bo‘lishiga olib keldi. Bu haqda koalitsiya hisobotida ma’lum qilindi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Qo‘shma birlashgan tezkor guruh (CJTF-OIR) ma’lumotiga ko‘ra, ‘Mustahkam qat’iyat’ operatsiyasi boshlangandan buyon koalitsiya zarbalari oqibatida 1 059 nafar fuqaro ehtiyotsizlik oqibatida o‘ldirilgan”, — deyiladi bayonotda.
Iyun oyi oxiri holatiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 939 kishini tashkil etgan edi.
Izoh (0)