Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining O‘quv-mashq markazi uchuvchilarni dastlabki tayyorlash o‘quv kurslariga tanlov o‘tkazilishi munosabati bilan joriy yilning 6—7-avgust kunlari “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tishini e‘lon qiladi.

Foto: MAK

Foto: MAK

Agar siz hali 27 yoshga to‘lmagan bo‘lsangiz, tugallangan oliy texnik ma’lumot va IELTS sertifikati bilan tasdiqlangan ingliz tilining 6-darajasiga ega bo‘lsangiz, unda fuqaro aviatsiyasi uchuvchilari uchun dastlabki tayyorgarlik kurslarida ta’lim olish imkoniyatiga egasiz.

O‘qish davomiyligi, hujjatlarni qabul qilish va imtihon topshirish muddati, nomzodlar uchun tibbiy va boshqa talablar haqida to‘liq ma’lumot olish uchun Toshkent shahar, Qumariq ko‘chasi 120-uyda joylashgan MAK O‘quv–mashq markaziga kelish mumkin.

“Sizni ‘O‘zbekiston havo yo‘llari’ milliy aviakompaniyasining O‘quv-mashq markazida 6—7-avgust kunlari soat 14:00da kutamiz. Markaz hududiga kirish uchun o‘zingiz bilan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bo‘lishi shart”, deyiladi xabarda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 2-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili, “yashil sertifikatlar”, energiya ulushini kamaytirish: Mirziyoyev “yashil” iqtisodiyot taqdimoti bilan tanishdi
Dunyo
Britaniya razvedkasi Rossiya Ukrainadagi urushda quruqlikdan hujum qilolmayotgani sababini tushuntirdi