Tailandning shimoli-sharqidagi Nakxonratchasima provinsiyasida 5 ta avtomobil ishtirokida yirik YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda “TASS”ga tayanib, “Vesti” xabar bermoqda.
YTH oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan, 13 kishi turli darajadagi tan jarohati olgan. Politsiya 25-iyul, chorshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 00:50 da voqeadan xabar topgan.
Ma’lum qilinishicha, avtosisterna (sisternali avtomobil; suyuqlik, masalan, oziq-ovqat, neft mahsulotlari, suyultirilgan gaz va hokazolarni tashish va vaqtinchalik saqlash uchun mo‘ljallangan) burilishga kelganida pikap (usti yopiq kabina va yuk ortiladigan ochiq joyga ega mashina) va 3 ta furgon (odamlar va yuk tashishga mo‘ljallangan yopiq kuzovli avtomobil) vaqtida to‘xtashga ulgurmagan va yoqilg‘i ortilgan yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. Oqibatda 6 kishi voqea joyida jon bergan, 13 kishi jarohat olgan.
Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar maxsus gidravlik anjomlar yordamida halok bo‘lganlar va jarohat olganlarni mashinalar ichidan chiqarib olgan.
Izoh (0)