O‘zbekiston va Afg‘oniston operatorlari internet-trafikni oshirishga kelishdi. Bu haqda “O‘zbektelekom” matbuot xizmati xabar bermoqda, deb yozadi “Sputnik O‘zbekiston”.
Kompaniya Afghan Wireless Communication Company (AWCC) Afg‘oniston aloqa operatori bilan kelishuv imzoladi, muzokaralar 24-iyul kuni bo‘lib o‘tdi.
“Uchrashuvda O‘zbekiston—Afg‘oniston xalqaro chegara o‘tish joyida ‘O‘zbektelekom’ AK va AWCC kompaniyasi tarmoqlarining yangi xalqaro chegara tutashuvini qurish bo‘yicha kelishuv va hamkorlik haqidagi memorandum imzolandi. Mazkur kelishuv internet xalqaro tarmog‘idan foydalanish xizmatlarini Afg‘onistonga eksport qilish imkonini beradi”, — deyiladi xabarda.
Tomonlar, shuningdek, har ikkala mamlakatda elektr aloqalari xizmatlarini ko‘rsatishning texnik va tijorat jihatlarini muhokama qildi.
Izoh (0)