Aholi qaysi tashkilotlardan, tizimlardan ko‘proq norozi ekanligini ulardan kelayotgan shikoyat va arizalar oqimidan ham bilish mumkin. O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi murojaatlarni o‘rganish borasidagi 2018-yilning o‘tgan 6 oylik davomidagi ma’lumotlarini e’lon qildi, deb yozadi O‘zA.
Hisobot davrida Federatsiya va uning hududiy tuzilmalari hamda tuman (shahar) jamiyatlariga iste’molchilardan jami 6 713 ta ariza kelib tushgan.
Mazkur ariza va shikoyatlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan solishtirilganida 2 171 taga oshganligi kuzatildi.
Aholi tomonidan mazkur hisobot davrida federatsiya va uning hududiy bo‘linmalariga qilingan murojaatlar sohalar kesimida tahlil qilinganda iste’molchilardan kelib tushgan murojaatlarning katta qismi savdo sohasiga 1 983 ta (jami arizalarning 29,5 %);
tabiiy gaz ta’minoti sohasiga 1 425 ta (jami arizalarning 21,2 %);
elektr ta’minoti sohasiga 1 038 ta (jami arizalarning 15,5 %);
suv ta’minoti sohasiga 450 ta (jami arizalarning 6,7 %);
kommunal xizmat ko‘rsatish sohasiga 331 ta (jami arizalarning 4,9 %);
aloqa sohasiga 203 ta (jami arizalarning 3,0 %);
transport sohasiga 183 ta (jami arizalarning 2,7 %);
sog‘liqni saqlash sohasiga 151 ta (jami arizalarning 2,2 %);
va boshqa sohalarga 949 ta (jami arizalarning 14,1 %) mansubdir.
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, jamiyatda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar ortidan aholining huquqiy savodxonligi o‘sib, qonuniy haq-huquqlarini anglab murojaat qilish madaniyati shakllanmoqda.
Izoh (0)