Moskva shahridagi “Salyut” savdo-mehmonxona kompleksining majlislar zalida “ArMI—2018” xalqaro armiya o‘yinlariga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada O‘zbekiston Mudofaa vazirligi vakillari ham ishtirok etdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar bermoqda.
O‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar jami 27 yo‘nalish bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan “Xalqaro armiya o‘yinlari—2018”ning 13 ta yo‘nalishida, xususan, “Qo‘shin razvedkasi a’lochilari”, “Elbrus halqasi”, “Sodiq do‘st”, “Yo‘l patruli”, “Merganlik marrasi”, “Xavfsiz marshrut”, “Artilleriya ustasi”, “Qurolsoz usta”, “Musaffo osmon”, “Harbiy ralli”, “Harbiy-tibbiy estafeta”, “Dala oshxonasi”, “Hamdo‘stlik jangchisi” yo‘nalishlarida ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, “ArMI—2017” III xalqaro armiya o‘yinlarida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi vakillari ilk marotaba 8 ta yo‘nalishda qatnashib, 5 ta sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritgan.
Izoh (0)