AQSh kongressi Rossiya bilan mudofaa sohasida hamkorlik qilishga qo‘yilgan taqiqni uzaytirishga qaror qildi. Bu haqda senat va vakillar palatasining qurolli kuchlar bo‘yicha qo‘mitalari tomonidan tayyorlangan hisobotda ma’lum qilindi, deya “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Qonun loyihasining matnida aytilishicha, mamlakatlar raqib bo‘lgani uchun AQSh harbiy sohada Rossiya bilan hamkorlik qilishdan bosh tortishi mumkin.
Shuningdek, hujjatda strategik hamkorlarning harbiy qurollarni Rossiyadan emas, AQShdan sotib olishiga bosqichma-bosqich erishish zarurligi alohida qayd qilingan. Bundan tashqari, AQSh Ukrainaga qurol yetkazib berishga 250 million dollar ajratishni rejalashtirgan.
Izoh (0)