Eron g‘arbidagi Kirmonshoh viloyatida 22-iyul, yakshanba kuni yuz bergan zilzila oqibatida kamida 128 kishi jabrlandi. Bu haqda mahalliy televideniyega tayanib, Reuters agentligi xabar qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Kirmonshoh viloyatining gubernatori Xushang Bozvand jabrlanganlarga yordam ko‘rsatilganligi, ularni shifoxonaga yotqizish zarurati yuzaga kelmaganligini ma’lum qildi. Yer silkinishi oqibatida mahalliy aholining uylariga zarar yetgan.
Kirmonshoh viloyatida bir sutka ichida uchinchi zilzila yuz berdi. Yer silkinishlari deyarli butun hudud bo‘ylab sezilgan. Bundan tashqari, shu kunning o‘zida mamlakat janubidagi Xurmuzgon viloyatida ham 4,7 va 5,7 magnitudali ikki zilzila sodir bo‘lgan.
Izoh (0)