O‘tgan yil iyunida arab davlatlari tomonidan boshlangan blokada Qatar iqtisodiyotiga salbiy ta’sir o‘tkazmadi. Bu haqda mamlakatning istiqbolli rejalashtirish va statistika vaziri Solih bin Muhammad an-Nabit bayonot berdi, deb xabar qiladi “Korrespondent.net”.
Uning so‘zlariga qaraganda, mamlakat YaIMi 2030-yilgacha o‘sish rejasida belgilangan ko‘rsatkichlarni qayd etmoqda.
“Qatar iqtisodiyoti kuchli va mamlakatga qarshi sanksiyalar oqibatlarini muvaffaqiyat bilan bartaraf etmoqda”, — ma’lum qildi u.
Izoh (0)