19-iyul, payshanba kuni tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov Belarusning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Leonid Marinich bilan uchrashdi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
Belarusning Toshkentdagi elchixonasi bergan ma’lumotlarga qaraganda, uchrashuvda O‘zbekiston tomonidan MDH bilan hamkorlik bo‘yicha loyihalar rahbarlari ishtirok etgan.
Uchrashuvda Toshkentda O‘zbekiston va Belarus hukumatlarining ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha komissiyalarining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish masalasi muhokama qilindi.
Izoh (0)