O‘zA Navoiy viloyati Uchquduq tumani markazida joylashgan “Uchquduq dehqon bozori” MChJ suratlarini “Fototanqid” rukni ostida taqdim qildi.
Bozor tuman hokimligi yonida joylashgan, biroq sotuvchi va xaridorlar uchun sharoit qoniqarsiz ahvoldaligicha qolmoqda. Bozor atrofi allaqachon chiqindixonaga aylanib ulgurgan.
Eslatib o‘tamiz, 2017-yil 27-mart kuni Prezident “2017–2019-yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” Qaror qabul qilgan.
Izoh (0)